Multimodal yuk tashish

×

Warning

Failed loading XML file.

Barcha transport turlarining barcha afzalliklarini hisobga olish

«Inter Profi Logistics» MChJ kompaniyasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib multimodal yuk tashilmalarini amalga oshirish hisoblanadi. Xitoy, Osiyo, Amerika, Yevropa mamlakatlaridan tovarlar yetkazib berish odatda multimodal sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

Biz avtomobil, temir yo‘l, aviatsiya va dengiz transportining afzalliklaridan foydalanamiz, bu yuklarni barcha talablarga muvofiq holda yetkazib berish muddatlarida va yuk tashish narxida yetkazib berishga imkon beradi.

Biz tashiydigan yuklarning turlari:

  • • og‘ir vaznli;
  • • yengil vaznli va hajmdor;
  • • sochiluvchan, uymali va idishli-donador;
  • • kichik hajmdagi yuklarni uzoq masofalarga;
  • • yirik gabaritli (ushbu xizmat doirasida «Inter Profi Logistics» MChJ o‘ta katta hajmli yuklar va ADR sinfiga kiruvchi xavfli yuklarni tashimaydi).

«Inter Profi Logistics» MChJ tomonidan majmuaviy xizmat ko‘rsatish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • • yuklarni “eshikdan eshikkacha” yetkazib berish;
  • • tovarlarga portlarda ishlov berish va qayta yuklash bo‘yicha xizmatlar;
  • • tashish jarayonining barcha qatnashchilari harakatlarini muvofiqlashtirish;
  • • tashish marshruti va yetkazib berish muddatlarini nazorat qilish;
  • • yuklarni yuklash va tushirish ishlarini boshqarish;
  • • tovarga hamrox bo‘ladigan hujjatlarning kerakli paketini rasmiylashtirish.
Inter Profi Logistics Idora
Hozirgi paytda
Biz yopiq
Ish vaqti:
Biz soat 9:00 dan ochish / 9:00 - 18:00 (Asia/Tashkent, GMT +5)
sizning vaqt
28/11,
bizning vaqt
28/11,

Toshkent