avtotransport

Yuk avtomobillarining turlari

×

Warning

Failed loading XML file.

Yuk avtomobillarining o‘lchamlari
Yevrotent (fura)

“Yevrotent” – ko‘rsatilgan xarakteristikalarga yaqin bo‘lgan gabarit o‘lchamlarga ega bo‘lgan yuk avtomobilini bildiruvchi shartli tushuncha. Yana yevrotent deb ataladigan furaga har biri 120 sm uzunlikdagi eni bo‘ylab ko‘ndalangiga qo‘yilgan 2 ta yevrotaglik joylashtiriladi.

“Yevrotent” ning gabarit o‘lchamlari :

  • Uzunligi: 13,6 m
  • Kengligi: 2,45 m
  • Balandligi: 2,45 m
  • Hajmi: 82 m3
  • Yuk ko‘tarish imkoniyati: 20 — 22 tonna

Yarim pritseplarning ko‘p sondagi modifikatsiyalari mavjud, ular orasida hajmi 76-78 m3 bo‘lgan uzunligi kamroq bo‘lgan (12,5-13 m) bo‘lgan yarim pritseplar va standart yoki ko‘proq uzunlikka, kenglikka va balandlikka ega bo‘lgan (13,6 – 15 m; 2,5; 2,7 m) yarim pritseplar uchraydi.

Yarim pritsepning tuzilishi tentni yig‘ishtirib qo‘yish va shu orqali yukni yon tomondan yoki tepasodan yuklash/tushirishga imkon beradi. Bundan tashqari tentsiz yarim pritsep undan 35 sm dan 50 sm gacha bo‘lgan baland bortli ochiq maydoncha sifatida foydalanishga imkon beradi.

Izotermik va refrijeratorli yarim pritsep

Izotermik yarim pritsep va 82 m3 hajmga ega bo‘lgan refrijerator kichikroq hajmdagi izotermik furgonlar bilan o‘xshash iste’mol xususiyatlariga egadir.

40 futli konteynerga ega bo‘lgan 20 tonnalik fura

Iste’mol xususiyatlari bo‘yicha 40 futli dengiz konteyneri o‘rnatilgan avtomobil tentli yoki izotermik kuzovga ega bo‘lgan 20 tonnalik avtomobilga (yevrotent) yaqindir.

40 futli dengiz konteynerlarining turlicha turlari mavjud. Ulardan ko‘proq foydalaniladigan turlari quyida keltirilgan:

  • Oddiy 40 fut. konteyner
  • 40 fut. termokonteyner (izotermik furgonga o‘xshash)
  • 40 fut. refkonteyner (ichki qurilgan sovutuvchi qurilmaga ega bo‘lgan izotermik furgon)
  • Tentli tomli 40 fut. konteyner
  • mahkamlash ustunlariga ega bo‘lgan 40 fut. maydoncha
  • 40 futli konteynerning gabarit o‘lchamlari:
  • Uzunligi: 12,0 m
  • Kengligi: 2,4 m
  • Balandligi: 2,4 m
  • Hajmi: 68 m3
  • Yuk ko‘tarush imkoniyati: 20-28 tonna

10 tonnalik tentli fura

10-15 tonna yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega bo‘lgan avtomobil yuk bo‘lmasining taxminiy xususiyatlari:

  • Uzunligi: 5,0 — 8,0 m
  • Kengligi: 2,4 — 2,5 m
  • Balandligi: 1,8 — 3,0 m
  • Hajmi: 25 — 60 m3
  • Yuk ko‘tarush imkoniyati: 5 — 15 tonna

Parametrlardagi jiddiy tarqoqlik yuk bo‘lmalari variantlarining ko‘p sondaligi bilan izohlanadi.

Bu sinfga kiruvchi yuk mashinalaridan shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda juda keng foydalaniladi. Odatda kabina uxlash uchun o‘rin bilan jihozlangan bo‘ladi va ekspeditor uchun o‘rin ko‘zda tutiladi. Standart komplektatsiyada mashina mahkamlash tasmalari bilan jihozlanadi (6 tagacha). Yuk bo‘lmasi yuklash/tushirishning turli variantlariga moslashtirilgan (yuqoriga, yonga). Import qilingan yuk mashinalarining modellari pnevmoilgak bilan jihozlanishi mumkin, bu esa yurishning tekisligini sezilarli darajada yaxshilaydi va shaklini oson yo‘qotuvchi yuklarning yaxshi saqlanishini ta’minlaydi. Mashinalar lift bilan jihozlanishi mumkin.

10 tonnalik termik fura

10-15 tonna yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega bo‘lgan avtomobil yuk bo‘lmasining taxminiy xususiyatlari:

  • Uzunligi: 5,0 — 8,0 m
  • Kengligi: 2,4 — 2,5 m
  • Balandligi: 1,8 — 3,0 m
  • Hajmi: 25 — 60 m3
  • Yuk ko‘tarush imkoniyati: 5 — 15 tonna

Parametrlardagi jiddiy tarqoqlik yuk bo‘lmalari variantlarining ko‘p sondaligi bilan izohlanadi.

“Termofurgon” tipidagi yuk bo‘lmasining farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyati bo‘lib tashqi harorat -10С dan +20С gacha bo‘lgan sharoitlarda yukni yuklash amalga oshirilgan haroratni uzoq vaqt davomida (10-20 soat) saqlab turish imkoniyati hisoblanadi. Bundan tashqari ayrim modellarda yuk bo‘lmasini isitish imkoniyati mavjud, bu esa ichki haroratni uzoqroq muddatga va tashqi harorat pastroq bo‘lgan hollarda saqlab qolishga imkon beradi. Yuk bo‘lmasining borti oq tunuka bilan qoplangan penoplastdan tayyorlangan. Yuk bo‘lmasining eshiklari zichagichlar bilan jihozlangan. Ventilyatsion tirqishlar mavjud. Odatda yuk bo‘lmasi yukni yuklash/tushirishni osonlashtiruvchi qo‘shimcha yon eshik mavjud bo‘ladi.

Import qilingan yuk mashinalarining modellari pnevmoilgak bilan jihozlanishi mumkin, bu esa yurishning tekisligini sezilarli darajada yaxshilaydi va shaklini oson yo‘qotuvchi yuklarning yaxshi saqlanishini ta’minlaydi. Mashinalar lift bilan jihozlanishi mumkin.

20 futli konteynerga ega bo‘lgan 10 tonnalik fura

20 futli konteynerga ega bo‘lgan 10 tonnalik fura

Iste’mol xususiyatlari bo‘yicha 20 futli dengiz konteyneri o‘rnatilgan avtomobil tentli yoki izotermik kuzovga ega bo‘lgan 10 tonnalik avtomobilga (yevrotent) yaqindir.

20 futli dengiz konteynerlarining turlicha turlari mavjud. Ulardan ko‘proq foydalaniladigan turlari quyida keltirilgan.

Oddiy 20 futli konteyner.

  • 20 fut. termokonteyner (izotermik furgonga o‘xshash)
  • 20 fut. refkonteyner (ichki qurilgan sovutuvchi qurilmaga ega bo‘lgan izotermik furgon)
  • Tentdan qilingan tomli 20 fut. konteyner
  • Mahkamlash ustunlariga ega bo‘lgan 20 fut. maydoncha

Dengiz konteynerlarining barcha turlaridan odatda aralash aloqada (turli transport turlaridan foydalangan holda) yuk tashish uchun foydalaniladi. Barcha konteynerlar unifikatsiya qilingan tashqi gabarit o‘lchamlariga ega.

Rossiyada avtomobil transportida yuk tashishda doimiy foydalanish uchun ramali maydonchaga o‘rnatilgan turli tipdagi konteynerlarga ega bo‘lgan mashinalar toifasi mavjud.

20 futli konteynerning gabarit o‘lchamlari:

  • Uzunligi: 6,0 m
  • Kengligi: 2,4 m
  • Balandligi: 2,4 m
  • Hajmi: 34 m3
  • Yuk ko‘tarush imkoniyati: 10-20 tonna (avtomobilning yuk ko‘tara olish imkoniyati bilan cheklangan)
Inter Profi Logistics Idora
Hozirgi paytda
Biz yopiq
Ish vaqti:
Biz soat 9:00 dan ochish / 9:00 - 18:00 (Asia/Tashkent, GMT +5)
sizning vaqt
28/11,
bizning vaqt
28/11,

Toshkent