zeleznodorogo-gruzi

Temir yo‘llar orqali yuk tashilmalari

×

Warning

Failed loading XML file.

Temir yo‘llar bo‘ylab yuklarni tashish turli tipdagi ko‘chma tarkiblar bilan amalga oshiriladi. Yukning xususiyatlari, kuzovning tuzilishi, yuklash va tushirish hamda yukning saqlanishini ta’minlash usullariga bog‘liq ravishda quyidagi vagon turlari farqlanadi: yopiq vagonlar, yarim vagonlar, platformalar, sisternalar, vagon-samosvallar, bunker tipidagi vagonlar va refrijerator-vagonlar.

Yopiq yuk vagonlaridan atmosfera yog‘inlaridan himoya qilishni talab qiluvchi yuklarni tashish uchun foydalaniladi. Vagon kuzovi polli rama, 4 ta devor va tomdan tashkil topadi. Yuklash va tushirish universal yopiq vagonlarda yon devorlarda joylashgan eshiklar orqali amalga oshiriladi.

Yarim vagon atmosfera yog‘inlaridan himoya qilishni talab qilmaydigan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan. Yarim vagonlarda tom bo‘lmaganligi uchun bu yuklashni to‘liq mexanizatsiyalashga imkon beradi. Sochiluvchan yuklarni tashish uchun polda lyuklari mavjud bo‘lgan yarim vagonlar mavjud, bu esa bunday yuklarni tushirishni mexanizatsiyalashga imkon beradi.

Xopper (ing. hopper - bunker) – yarim vagonning o‘g‘itlar, sement, don mahsulotlari va boshqa sochiluvchan yuklarni ommaviy tashish uchun foydalaniladigan turi. Atmosfera yog‘inlaridan himoya qilish uchun tomida yuklash uchun lyuklari bo‘lgan yopiq xopperlardan foydalaniladi.

Platforma – mashinalar, jihozlar, uzun o‘lchamli yuklar, konteynerlar hamda atmosfera yog‘inlaridan himoya qilishni talab qilmaydigan sochiluvchan yuklarni tashish uchun qo‘llaniluvchi vagon. Konteynerli platformalarda bortlar bo‘lmaydi va ular har qanday turdagi ko‘p yukli universal konteynerlarni mahkamlash uchun maxsus qulflar bilan jihozlangan bo‘ladi. Yog‘och materiallarini tashish uchun platformalar chetki devorlar va yukning siljib ketishining oldini olish uchun maxsus ustunlarga ega bo‘ladi.

Vagon-sisterna suyuq yuklar, suyultirilgan gazlar va kukunsimon materiallarni tashish uchun qo‘llaniladi.

Bunker tipidagi vagonlar mohiyatan yopiq vagonlar yoki yopiq xopperlardir, ular faqatgina bitta ramalariga maxsus sochiluvchan yuklarni (un, neftebitum, granulalangan materiallar) tashish uchun mo‘ljallangan bir nechta sig‘imlarning o‘rnatilganligi bilan farq qiladilar.

Dumpkar (ing. dump – to‘ntarmoq, car - vagon) – vagon-samosval. Undan sochiluvchan va yirik bo‘laklangan yuklarni tashish va ularni mexanizatsiyalashgan tarzda tushirish uchun foydalaniladi.

Yuk vagonining asosiy texnik xususiyatlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: idish (bo‘sh vagonning o‘zining massasi), yuk ko‘tarish imkoniyati (unga yuklash mumkin bo‘lgan eng ko‘p yuk massasi), kuzov hajmi, maydoni, uzunligi va boshqa chiziqli o‘lchamlari. Vagonlarning eng keng tarqalgan turlari va o‘lchamlari quyida keltirilgan:

Yopiq vagon

 vagon 1

120m3 Ichki o‘lchamlari Eshiklarining o‘lchamlari Vazni Hajmi Yuklanma
Yopiq vagon mm mm t m3 t
Uzunligi 13840   24,7 120,0 68,0
Kengligi 2764 3802      
Balandligi 2740 2340      
138m3 Ichki o‘lchamlari Eshiklarining o‘lchamlari Vazni Hajmi Yuklanma
Yopiq vagon mm mm t m3 t
Uzunligi 15724   26,0 138,0 68,0
Kengligi 2764 3802      
Balandligi 3050 2334      
150m3 Ichki o‘lchamlari Eshiklarining o‘lchamlari Vazni Hajmi Yuklanma
Yopiq vagon mm mm t m3 t
Uzunligi 17460   26,0 150,0 68,0
Kengligi 2790 3900      
Balandligi 3106 2862      
 

YARIM VAGON

vagon 2

  Ichki o‘lchamlari Eshiklarining o‘lchamlari Vazni Hajmi Yuklanma
Yarim vagon mm mm t m3 t
Uzunligi 12690   23,0 75,2 71,0
Kengligi 2890        
Balandligi 2050        
 

UNIVERSAL PLATFORMA

vagon 3

  Ichki o‘lchamlari Eshiklarining o‘lchamlari Vazni Hajmi Yuklanma
Platforma mm mm t m3 t
Uzunligi 13300   23,5   71,0
Kengligi 2770        
Balandligi 400        
 

FITINGLI PLATFORMA

fitingovaya platforma

40 futli fitingli platformalar

Bitta 40 futli yoki ikkita 20 futli konteynerni tashish uchun mo‘ljallangan.

Yuk ko‘tarish imkoniyati 60-75 t.

60 futli fitingli platformalar

Bitta 20 futli va bitta 40 futli konteyner kombinatsiyasi uchun mo‘ljallangan, cheklangan vazn bilan uchta 20 futli konteynerni tashishi ham mumkin.

Yuk ko‘tarish imkoniyati 60-72 t.

80 futli fitingli platformalar

Ikkita 40 futli konteyner yoki 40 futli konteyner va 20 futli konteynerlar kombinatsiyasini tashish uchun mo‘ljallangan. Yuk ko‘tarish chegarasi 69-70 t.

 

SISTERNA

vagon 4

  Ichki o‘lchamlari Eshiklarining o‘lchamlari Vazni Hajmi Yuklanma
Sisterna mm mm t m3 t
Uzunligi     27,0 83,0 67,0
Kengligi          
Balandligi          
 

XOPPER

vagon 5

  Ichki o‘lchamlari Eshiklarining o‘lchamlari Vazni Hajmi Yuklanma
Xopper mm mm t m3 t
Uzunligi     23,0 81,0 70,0
Kengligi          
Balandligi          
Inter Profi Logistics Idora
Hozirgi paytda
Biz yopiq
Ish vaqti:
Biz soat 9:00 dan ochish / 9:00 - 18:00 (Asia/Tashkent, GMT +5)
sizning vaqt
28/11,
bizning vaqt
28/11,

Toshkent