zeleznodorogo-gruzi

Xavfli yuklarning tasniflanishi

×

Warning

Failed loading XML file.

Xususiyatlari va xavflilik darajasi bo‘yicha xavfli yuklarning tasniflanishi

1-sinf  - o‘z xususiyatlariga ko‘ra portlab ketishi, portlash harakati bilan yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan portlovchi materiallar hamda amaliy, portlovchi yoki pirotexnik ta’sir keltirib chiqarish maqsadida tayyorlangan moddalar va buyumlarni o‘z ichiga oluvchi qurilmalar;

  • 1.1-toifa - portlovchan va pirotexnik moddalar va portlash darhol butun yukni qamrab olgandagi massasi bilan portlash xavfini tug‘dirmaydigan moddalar va buyumlar;
  • 1.2-toifa - portlovchan va pirotexnik moddalar va massasi bilan portlash xavfini tug‘dirmaydigan moddalar va buyumlar;
  • 1.3-toifa - portlovchan va pirotexnik moddalar va arzimas portlash harakati bilan yoki bunday harakatsiz yonib ketish xavfiga ega bo‘lgan mahsulotlar;
  • 1.4-toifa - portlovchan va pirotexnik moddalar va faqatgina qurilma va qadoqlarning buzilishiga olib kelmaydigan olovlanish yoki ta’sirlanish holatidagina tashish vaqtida arzimas portlash xavfini tug‘diradigan moddalar va buyumlar;
  • 1.5-toifa- portlash xavfi massasi bilan ta’riflanadigan, tashish vaqtida ta’sirlanishi yoki yonishdan portlashga o‘tish ehtimoli bo‘lmagan ta’sirchanligi juda past bo‘lgan moddalar;
  • 1.6-toifa - tarkibida faqatgina portlashga ta’srichan bo‘lmagan, portlash xavfi massasi bilan ta’riflanadigan, ta’sirchanligi juda past bo‘lgan moddalar mavjud bo‘lgan mahsulotlar;

Izoh: portlovchan gazlar, bug‘lar va changlar aralashmalari portlovchan moddaalar sifatida qaralmaydi.

Xavflilik belgilari
1.1-toifa
1.2-toifa
1.3-toifa
1.1 1.2 1.3
Timsol (portlayotgan bomba): qora; fon: binafsharang; quyi burchakda "1" raqami
1.4-toifa
1.5-toifa
1.6-toifa
1.4 1.5 1.6
Fon: binafsharang; raqamlar: qora; sonli belgilar 30 mm ga yaqin balandlikka va 5 mm ga yaqin (100 x 100 mm o‘lchamdagi belgilar uchun) qalinlikka ega bo‘lishi kerak; quyi burchakda "1" raqami.
** Toifani ko‘rsatish uchun joy – “portlaydi” qo‘shimcha xavfi mavjud bo‘lgan hollarda to‘ldirilmasin
* Moslik guruhini ko‘rsatish uchun joy - “portlaydi” qo‘shimcha xavfi mavjud bo‘lgan hollarda to‘ldirilmasin.

Mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xavflar:
- korroziyalovchi moddalar;
- toksik moddalar.


2-sinf - quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasiga javob beruvchi siqilgan, sovutish bilan suyultirilgan va bosim ostida eritilgan gazlar:

  • • 50°С haroratda bug‘ining 3 kgs/sm (300 KPa) dan ortiq bosimini hosil qiladigan;
  • • kiritik harorati 50°С dan past bo‘lgan. Fizik holati bo‘yicha gazlar quyidagilarga bo‘linadi:
  • • siqilgan gazlar, ularning kiritik harorati -10°С dan past bo‘ladi;
  • • kritik harorati -10°С ga teng yoki undan baland, biroq 70°С dan past bo‘lgan suyultirilgan gazlar;
  • • kritik harorati 70°С ga teng yoki undan baland bo‘lgan suyultirilgan gazlar;
  • • bosim ostida eritilgan gazlar;
  • • sovutish bilan suyultirilgan gazlar;
  • • maxsus qoidalarning ta’sir doirasiga tushuvchi aerozollar va siqilgan gazlar.
  • 2.1-toifa  - alangalanmaydigan gazlar;
  • 2.2-toifa - alangalanmaydigan zaharli gazlar;
  • 2.3-toifa - oson alangalanadigan gazlar;
  • 2.4-toifa - oson alangalanadigan zaharli gazlar;
  • 2.5-toifa - kimyoviy jihatdan turg‘un bo‘lmagan gazlar;
  • 2.6-toifa - kimyoviy jihatdan turg‘un bo‘lmagan zaharli gazlar.
Xavflilik belgisi
Oson alangalanadigan gazlar Alangalanmaydigan, toksik bo‘lmagan gazlar
2.l 2.2
Timsol (olov): qora yoki oq; fon: qizil; "2" raqami quyi burchakda Timsol (gaz balloni): qora yoki oq; "2" raqami quyi burchakda
Toksik gazlar
2.3

Mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xavflar:
- korroziyalovchi moddalar;
- oksidlovchi moddalar.

3-sinf - o‘t olish harorati yopiq idishda 6GS haroratdan yuqori bo‘lmagan haroratlardagi oson alangalanadigan bug‘larni ajratadigan suyuqliklar yoxud suyuqliklarning aralashmasi, shuningdek tarkibida eritmadagi qattiq moddalar yoki suspenziyalar bo‘lgan suyuqliklar;

  • 3.1-toifa  - olovlanish harorati past bo’lgan oson alangalanuvchi suyuqliklar va yopiq idishda - 18°С dan past bo’lgan olovlanish haroratiga ega bo’lgan yoki oson alangalanuvchanlikdan boshqa xavfli xususiyatlar bilan birgalikda olovlanish haroratiga ega bo’lgan suyuqliklar;
  • 3.3-toifa - o’rtacha olovlanish haroratiga ega bo’lgan oson alangalanuvchi suyuqliklar – yopiq idishdagi olovlanish harorati - 18°С dan + 23°С gacha bo’lgan suyuqliklar;
  • 3.3-toifa - olovlanish harorati baland bo’lgan oson alangalanuvchi suyuqliklar — olovlanish harorati jumladan yopiq idishda 23°С dan 61°С gacha bo’lgan suyuqliklar.
Xavflilik belgilari/strong>
3.0
Olov timsoli: qora yoki oq; fon: qizil; "3" raqami quyi burchakda

Mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xavflar:
- toksik moddalar;
- korroziyalovchi moddalar.

4-sinf - tashish vaqtida ishqalanish, namlikni yutish, o‘z-o‘zidan bo‘luvchi kimyoviy aylanishlar natijasida hamda qizitilganda tashqi olovlanish manbalaridan osongina yonishi mumkin bo‘lgan oson alangalanuvchi moddalar va materiallar (portlovchan sifatida tasniflanganlaridan boshqa);

  • 4.1-sinf - tashqi olovlanish manbalarining (uchqunlar, olov yoki ishqalanish) qisqa ta’sir qilishidan oson olovlanish va faol yonishga qodir bo‘lgan oson alangalanuvchi qattiq moddalar;
Xavflilik belgisi
4.1

Timsol (olov): qora; fon: yettita vertikal qizil polosaga ega bo‘lgan oq; "4" raqami quyi burchakda

Mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xavflar:
- toksik moddalar;
- korroziyalovchi moddalar;
- oksidlovchi moddalar;

  • 4.2-toifa  - oddiy sharoitlarda tashiganda o‘zidan qizishi va olovlanishi mumkin bo‘lgan oson alangalanuvchi moddalar;
Xavflilik belgisi
4.2

Timsol (olov): qora;
fon: yuqori qismi oq, quyi qismi - qizil; "4" raqami quyi burchakda.

Mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xavflar:
- suv tekkanda oson alangalanuvchi gazlar ajratib chiqaruvchi moddalar;
- oksidlovchi moddalar;
- toksik moddalar;
- korroziyalovchi moddalar.

  • 4.3-toifa  - suv tekkanda olovlanuvchi gazlar ajralib chiquvchi moddalar.
Xavflilik belgisi
4.3

Timsol (olov): qora yoki oq;
fon: ko‘k; "4" raqami quyi burchakda

Mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xavflar:
- o‘z-o‘zidan yonishga qodir bo‘lgan moddalar
- oksidlovchi moddalar;
- toksik moddalar
- korroziyalovchi moddalar

5-sinf - osongina kislorod ajratib chiqaruvchi, yonishni ushlab turishga qodir bo‘lgan hamda tegishli sharoitlarda yoki boshqa moddalar bilan aralashgan holda o‘z-o‘zidan olovlanish va portlashni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan oksidlovchi moddalar va organik peroksidlar;

  • 5.1-sinf - o‘zi albatta alangalanuvchi bo‘lmasa ham, asosan kislorod ajratish yo‘li orqali boshqa moddalarning alangalanishini keltirib chiqarishi yoki shunga ko‘maklashishi mumkin bo‘lgan moddalar;
Xavflilik belgisi
5.1

Timsol (doira ustidagi olov): qora; fon: sariq; "5.1" raqamlari quyi burchakda

Mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xavflar:
- oson alangalanuvchi qattiq moddalar, o‘z-o‘zidan reaksiyaga kirishuvchi moddalar va desensibilizatsiyalangan portlovchi moddalar;
- suv tekkanda oson alangalanuvchi gazlarni ajratib chiqaruvchi moddalar - o‘z-o‘zidan yonishga qodir bo‘lgan moddalar;
- toksik moddalar
- korroziyalovchi moddalar.

  • 5.2-toifa  - ko‘pchilik hollarda yoqilg‘i bo‘lgan, oksidlovchi modda sifatida ta’sir qilishi va boshqa moddalar bilan xavfli tarzda o‘zaro ta’sirlashishi mumkin bo‘lgan organik peroksidlar. Ulardan ko‘pchiligi oson olovlanadi va zarba hamda ishqalanish ta‘sirlariga ta‘sirchandir.
Xavflilik belgisi
5.2

Timsol (doira ustidagi olov): qora; fon: sariq; "5.2" raqamlari quyi burchakda

Mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xavflar:
- portlovchi moddalar va mahsulotlar;
- korroziyalovchi moddalar.

6-sinf — ichga yutganda, nafas orqali yoki teri qatlami bilan kontaktda bo‘lganda o‘lim, og‘ir jarohatlanish kabi oqibatlarni keltirib chiqarishi yoki inson salomatligiga ziyon etkazishi mumkin bo‘lgan zaharlovchi va infektsion moddalar;

  • 6.1-toifa – nafas orqali (bug‘lar, changlar) yutganda, ichga tushganda yoki teri qatlami bilan kontaktda bo‘lganda og‘ir jarohatlanishni keltirib chiqarishga qodir bo‘lgan zaharlovchi (toksik) moddalar;
Xavflilik belgisi
6.1

Timsol (bosh suyagi va kesishgan suyaklar): qora; fon: oq; "6" raqami quyi burchakda

Mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xavflar:
- oson alangalanuvchi suyuq moddalar;
- oson alangalanuvchi qattiq moddalar, o‘z-o‘zidan reaksiyaga kirishuvchi moddalar va desensibilizatsiyalangan portlovchi moddalar;
- suv tekkanda oson alangalanuvchi gazlarni ajratib chiqaruvchi moddalar;
- o‘z-o‘zidan yonishga qodir bo‘lgan moddalar;
- oksidllovchi moddalar;
- korroziyalovchi moddalar;

  • 6.2-toifa  — tarkibida odam va hayvonlar uchun xavfli bo‘lgan kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar mavjud bo‘lgan moddalar va materiallar.
Xavflilik belgisi
6.2

Timsol (doira ustiga solingan uchta yarimoy) va yozuv: qora; fon: oq; "6" raqami quyi burchakda. Belgining quyi qismida quyidagi yozuvlar mavjud bo‘lishi mumkin: "INFEKTSION MODDA" va "SHIKASTLANISH YOKI OQIB KETISH YUZ BERGAN HOLLARDA DARHOL SOG‘LIQNI SAQLASH ORGANLARIGA XABAR BERING".

 


7 sinf- solishtirma faolligi 70 kBk/kg (2 nKi/g) dan baland bo‘lgan radioaktiv moddalar.

Xavflilik belgisi
I toifa
II toifa
III toifa
7.1 7.2 7.3
Timsol (uch barglik): qora; fon: oq; "7" raqami quyi burchakda.
Matn (majburiy): belgining quyi qismida qora:
"RADIOAKTIV", "TARKIBIDA...", "FAOLLIK...";
"RADIOAKTIV" so‘zidan keyin bitta qizil vertikal polosa kelishi kerak; "7" raqami quyi burchakda.
Timsol (uch barglik): qora; фон: yuqori qismi – oq hoshiyali sariq;quyi qismi – oq;
Matn (majburiy): belgining quyi qismida qora:
"RADIOAKTIV", "TARKIBIDA...", "FAOLLIK...".
Qora to‘g‘ri to‘rtburchakda: "TRANSPORT INDEKSI".
"RADIOAKTIV" so‘zidan keyin ikkita qizil vertikal polosa kelishi kerak;
Timsol (uch barglik): qora; фон: yuqori qismi – oq hoshiyali sariq;quyi qismi – oq;
Matn (majburiy): belgining quyi qismida qora:
"RADIOAKTIV", "TARKIBIDA...", "FAOLLIK...".
Qora to‘g‘ri to‘rtburchakda: "TRANSPORT INDEKSI".
"RADIOAKTIV" so‘zidan keyin uchta qizil vertikal polosa kelishi kerak; "7" raqami quyi burchakda.

Radioaktiv material — aktivlik kontsentratsiyasi, shuningdek yukning to‘la aktivligi yo‘l qo‘yilgan ko‘rsatkichlardan yuqoriroq bo‘lgan radionuklidlarni o‘z ichiga oluvchi materialdir.

Bosh (asosiy) xavf: alfa-, beta- yoki gamma- nurlanishi shaklidagi radioaktiv nurlanish.

Qo‘shimcha xavflar: moddalar oson alangalanuvchan bo‘lishi, olovlanishga olib kelishi, korroziyalovchi bo‘lishi, issiqlik energiyasining ajralib chiqishiga olib kelishi mumkin.

Nurlanish ta‘siridan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar: kuyishlar, immun tizimining buzilishi, qon tarkibining o‘zgarishi, soch to‘kilishi, saraton xastaliklari, leykemiya, avlodlarda yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan genetik buzilishlar, o‘lim.

Radioaktiv materiallarni tashishga qo‘yiladigan barcha talablarga qat’iy amal qilish orqali tashish xavfsizligiga erishiladi.

8-sinf  - terining shikastlanishi, ko‘z va nafas yo‘llarining shilliq pardalarining xastalanishi, metallarning korroziyalanishi va trasnport vositalari, inshoot yoki yuklarga ziyon yetkazishi hamda organik materiallar va ayrim kimyoviy moddalar bilan o‘zaro ta’sirlashgan hollarda yong‘inga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘yuvchi va korrozion moddalar;

  • 8.1-sinf- kislotalar,
  • 8.2-sinf- ishqorlar;
  • 8.3-sinf- turli o‘yuvchi va korroziyalovchi moddalar.
Xavflilik belgisi
8.0

Timsol (ikkita probirkadan quyilayotgan va qo‘l yoki metallga ziyon yetkazayotgan suyuqliklar): qora; fon: yuqori qismi oq, quyi qismi – oq hoshiyali qora; "8" raqami quyi burchakda oq rangda.

Mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xavflar:
- oson alangalanuvchi suyuq moddalar;
- oson alangalanuvchi qattiq moddalar, o‘z-o‘zidan reaksiyaga kirishuvchi moddalar va desensibilizatsiyalangan portlovchi moddalar;
- suv tekkanda oson alangalanuvchi gazlarni ajratib chiqaruvchi moddalar;
- o‘z-o‘zidan yonishga qodir bo‘lgan moddalar;
- oksidllovchi moddalar;
- toksik moddalar.


9-sinf
 - tashiganda nisbatan quyi darajadagi xavfga ega bo‘lgan, yuqoridagi sinflardan birortasiga ham kiritilmagan, biroq tashish va saqlashning ma’lum qoidalarini qo‘llashni talab qiluvchi moddalar;

  • подкласс 9.1- xususiyatlariga ko‘ra 3 va 4-sinflarga tegishli bo‘lmagan, biroq ma’lum sharoitlarda ying‘inga nisbatan xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan qattiq va suyuq yonuvchan moddalar (olovlanish harorati yopiq idishda +6°С dan +100°С gacha bo‘lgan onuvchan suyuqliklar, tolalar va boshqa shunga o‘xshash materiallari);
  • подкласс 9.2 - ma’lum sharoitlarda o‘yuvchi va korroziyalovchiga aylanuvchi moddalar.
Xavflilik belgisi
n9

Timsol (Yuqori qismida yettita vertikal polosa): qora; fon: oq; tagiga chizilgan "9" raqami quyi qismida.

GOST 19433-88 bo‘yicha “o‘ta xavfli yuklar guruhlarining” ro‘yxati.

1. 1-sinfga kiruvchi portlovchan moddalar, 1.4; 1.5 va 1.6 qism-sinflardan tashqari;

2. 7-sinfga kiruvchi radioaktiv moddalar;

3. Olovlanmaydigan zaharli bo‘lmagan oksidlanuvchi gazlar;

4. Oksidlanuvchi zaharli gazlar;

5. Okdislovchi, o‘yuvchi va (yoki) korroziyalovchi zaharli gazlar; 6. Olovlanish harorati -18°С dan kam bo‘lgan oson alangalanuvchi zaharli suyuqliklar;

7. Olovlanish harorati -18°С dan kam bo‘lgan oson alangalanuvchi o‘yuvchi va (yoki) korroziyalovchi suyuqliklar;

8. Olovlanish harorati -18°С dan 23°С gacha bo‘lgan oson alangalanuvchi o‘yuvchi va (yoki) korroziyalovchi suyuqliklar;

9. Olovlanish harorati -18°С dan 23°С gacha bo‘lgan oson alangalanuvchi zaharli, o‘yuvchi va (yoki) korroziyalovchi suyuqliklar;

10. Oson alangalanuvchi o‘yuvchi va (yoki) korroziyalovchi qattiq moddalar;

11. 50°С baland bo‘lmagan haroratlarda qadoqni bo‘lish xavfi bilan o‘z-o‘zidan parchalanuvchi oson alangalanuvchi qattiq moddalar;

12. O‘z-o‘zidan parchalanuvchi qattiq zaharli moddalar;

13. Achishtiruvchi va (yoki) korrozion bo‘lgan o‘z-o‘zidan parchalanuvchi qattiq moddalar;

14. Suv bilan o‘zaro ta’sirlashganda yonuvchan gazlarni ajratib chiqaruvchi moddalar, oson olovlanuvchan;

15. Suv bilan o‘zaro ta’sirlashganda yonuvchan gazlarni ajratib chiqaruvchi moddalar, O‘z-o‘zidan yonuvchan va zaharli;

16. Suv bilan o‘zaro ta’sirlashganda yonuvchan gazlarni ajratib chiqaruvchi moddalar, oson olovlanuvchan, o‘yuvchi va (yoki) korroziyalovchi;

17. Oksidlovchi moddalar, zaharli, o‘yuvchi va (yoki) korroziyalovchi;

18. 50°С dan ortiq bo‘lmagan haroratda portlovchan, o‘z-o‘zidan parchalanuvchi bo‘lgan organik peroksidlar;

19. 50°С dan ortiq bo‘lmagan haroratda o‘z-o‘zidan parchalanuvchi bo‘lgan organik peroksidlar;

20. Portlovchan organik peroksidlar;

21. Xavflilikning qo‘shimcha turiga ega bo‘lmagan organik peroksidlar;

22. Ko‘z uchun achishtiruvchi bo‘lgan organik peroksidlar;

23. Oson olovlanuvchan bo‘lgan organik peroksidlar;

24. Ko‘z uchun achishtiruvchi bo‘lgan oson olovlanuvchan organik peroksidlar;

25. Xavflilikning qo‘shimcha turiga ega bo‘lmagan uchuvchan zaharli moddalar;

26. Olovlanish harorati 23°С dan baland bo‘lmagan, uchuvchan oson alangalanuvchi zaharli moddalar;

27. Olovlanish harorati 23°С dan baland, biroq 61°С dan past bo‘lgan, uchuvchan oson alangalanuvchi zaharli moddalar;

28. Uchuvchan o‘yuvchi va (yoki) korroziyalovchi zaharli moddalar.

29. O‘yuvchi va (yoki) korroziyalovchi, kislota xususiyatlariga ega bo‘lgan zaharli va oksidlovchi moddalar;

30. O‘yuvchi va (yoki) korroziyalovchi, kislota xususiyatlariga ega bo‘lgan oksidlovchi moddalar;

31. O‘yuvchi va (yoki) korroziyalovchi, kislota xususiyatlariga ega bo‘lgan zaharli moddalar;

32. O‘yuvchi va (yoki) korroziyalovchi, asosiy xususiyatlariga ega bo‘lgan, olovlanish harorati 23°С dan 61°С gacha bo‘lgan oson alangalanuvchi moddalar;

33. O‘yuvchi va (yoki) korroziyalovchi, asosiy xususiyatlariga ega bo‘lgan oksidlovchi moddalar;

34. O‘yuvchi va (yoki) turlicha korroziyalovchi, zaharli va oksidlovchi moddalar;

35. O‘yuvchi va (yoki) turlicha korroziyalovchi, oson alangalanuvchi, olovlanish harorati 23°С dan baland bo‘lmagan moddalar;

36. O‘yuvchi va (yoki) turlicha korroziyalovchi, oson alangalanuvchi, olovlanish harorati 23°С dan 61°С gacha bo‘lgan moddalar;

37. O‘yuvchi va (yoki) turlicha korroziyalovchi, zaharli moddalar.

Inter Profi Logistics Idora
Hozirgi paytda
Biz yopiq
Ish vaqti:
Biz soat 9:00 dan ochish / 9:00 - 18:00 (Asia/Tashkent, GMT +5)
sizning vaqt
28/11,
bizning vaqt
28/11,

Toshkent