zeleznodorogo-gruzi

Inkoterms-2010

×

Warning

Failed loading XML file.

Inkotermsning maqsadi tashqi savdo sohasida eng keng foydalaniladigan savdo terminlarini talqin qilish bo‘yicha ixcham xalqaro qoidalar bilan ta’minlash hisoblanadi. Shunday qilib turli mamlakatlarda bunday terminlarning turlicha talqin qilinishidagi noaniqliklarning oldini olish yoki hech bo‘lmaganda sezilarli darajada qisqartirish mumkin.

Inkoterms Xalqaro savo palatasi tomonidan 1936 yilda yaratilgan. 1953, 1967, 1976, 1980, 1990 va 2000 yillarda hujjatga o’zgartirishlar kiritilgan. Hozirgi vaqtda 2010 yil tahriridagi Inkoterms amal qilmoqda, unda terminlarning aniqroq va soddaroq talqin qilinishlari mavjud, ularning ko’pchiligiga tuzatishlar kiritilgan. Inkoterms-2010 ga o’zgarishlar xalqaro savdoning rivojlanishidagi zamonaviy tendentsiyalarni hisobga olgan holda kiritilgan va ular 2011 yilning 1 yanvaridan boshlab kuchga kirdi.

E toifa
Yuklab jo‘natish.

EXW

Istalgan transport turi.

EX Works ( … named place).
Franko zavod ( …joy nomi).
Xatarlarning o‘tishi: tovarni sotuvchi omborida berish vaqtida.
Eksport bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: xaridorning majburiyati.
Import bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: xaridorning majburiyati.


Asosiy yuk tashish sotuvchi tomonidan to‘lanmagan.

FCA

Istalgan transport turi.

Free Carrier (…named place).
Franko tashuvchi (…joy nomi).
Xatarlarning o‘tishi: tovarni sotuvchi omborida tashuvchiga berish vaqtida.
Eksport bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: sotuvchining majburiyati.
Import bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: xaridorning majburiyati.

FAS

Dengiz va ichki suvlarda yuk tashishlar.

Free Alongside Ship (… named port of shipment).
Franko kema borti bo‘ylab (… yuklab jo‘natish portining nomi).
Xatarlarning o‘tishi: tovarni kema bortiga joylashtirish vaqtida.
Eksport bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: sotuvchining majburiyati.
Import bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: xaridorning majburiyati.

FOB

Dengiz va ichki suvlarda yuk tashishlar.

Free On Board (… named port of shipment).
Franko bort (… yuklab jo‘natish portining nomi).
Xatarlarning o‘tishi: kema bortiga to‘liq yuklangan vaqtdan boshlab.
Eksport bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: sotuvchining majburiyati.
Import bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: xaridorning majburiyati.

C toifa
Asosiy yuk tashish sotuvchi tomonidan to‘langan.

CFR

Dengiz va ichki suvlarda yuk tashishlar.

Cost and Freight (… named port of destination).
Narxi va fraxt (… yetkazib berish portining nomi).
Xatarlarning o‘tishi: kema bortiga to‘liq yuklangan vaqtdan boshlab.
Eksport bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: sotuvchining majburiyati.
Import bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: xaridorning majburiyati.

CIF

Dengiz va ichki suvlarda yuk tashishlar.

Cost, Insurance and Freight (… named port of destination).
Narxi, sug‘urtalash va fraxt (…yetkazib berish portining nomi).
Xatarlarning o‘tishi: : kema bortiga to‘liq yuklangan vaqtdan boshlab.
Eksport bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: sotuvchining majburiyati.
Import bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: xaridorning majburiyati.

CIP

Istalgan transport turi.

Carriage and Insurance Paid Тo (… named place of destination).
Fraxt/tashish va sug‘urtalash (…yetkazib berish joyining nomi) gacha to‘langan.
Xatarlarning o‘tishi: tashuvchiga yetkazish/berish vaqtidan boshlab.
Eksport bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: sotuvchining majburiyati.
Import bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: xaridorning majburiyati.

CPT

Istalgan transport turi.

Carriage Paid To (… named place of destination).
Fraxt/tashish va sug‘urtalash (…yetkazib berish joyining nomi) gacha to‘langan.
Xatarlarning o‘tishi: tashuvchiga yetkazish/berish vaqtidan boshlab.
Eksport bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: sotuvchining majburiyati.
Import bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: xaridorning majburiyati.

D toifa
Yetkazib berish.

DAT

Istalgan transport turi.

New!!!
Delivered At Terminal (… named terminal of destination).
Terminalda yetkazib berish (… terminal nomi).
Xatarlarning o‘tishi: tovar xaridor terminaliga yetkazib berilgan vaqtdan boshlab.
Eksport bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: sotuvchining majburiyati.
Import bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: xaridorning majburiyati.

DAP

Istalgan transport turi.

New!!!
Delivered At Point (… named point of destination).
Shahobchaga yetkazib berish (… shahobcha nomi).
Xatarlar: tovar xaridor tomonidan ko‘rsatilgan shahobchaga yetkazib berilgan vaqtda.
Eksport bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: sotuvchining majburiyati.
Import bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: xaridorning majburiyati.

DDP

Istalgan transport turi.

Delivered Duty Paid (… named place of destination).
Badal to‘lovi bilan yetkazib berish (… ko‘zlangan joy nomi).
Xatarlarning o‘tishi: tovar xaridor tasarrufiga o‘tgan vaqtda.
Eksport bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: sotuvchining majburiyati.
Import bo‘yicha bojxona rasmiyatchiliklari: xaridorning majburiyati.

DDU

Istalgan transport turi.

Inkoterms 2010 dan istisno
Delivered Duty Unpaid (… named place of destination).
Badal to‘lovisiz yetkazib berish (… ko‘zlangan joy nomi).

DAF

Istalgan transport turi.

Inkoterms 2010 dan istisno
Delivered At Frontier (… named place).
Chegaragacha yetkazib berish (… yetkazib berish joyining nomi).

DEQ

Dengiz va ichki suvlarda yuk tashishlar.

Inkoterms 2010 dan istisno
Delivered Ex Quay (… named port of destination).
Pristandan yetkezib berish (… ko‘zlangan port nomi).

DES

Dengiz va ichki suvlarda yuk tashishlar.

Inkoterms 2010 dan istisno
Delivered Ex Ship (… named port of destination).
Kemadan yetkazib berish (… ko‘zlangan port nomi).

Inter Profi Logistics Idora
Hozirgi paytda
Biz yopiq
Ish vaqti:
Biz soat 9:00 dan ochish / 9:00 - 18:00 (Asia/Tashkent, GMT +5)
sizning vaqt
28/11,
bizning vaqt
28/11,

Toshkent