6

Kompaniya to‘g‘risida

Logistika xizmatlari

«Inter Profi Logistics» MChJ «door-to-door» xizmatlarini taklif qiladi, bu yukni jo‘natuvchidan yakuniy oluvchigacha majmuaviy transport-logistik kuzatib borishni ko‘zda tutadi. Majmuaviy servis avtomobil, temir yo‘l, aviatsiya, dengiz transportidan foydalangan holdagi xalqaro yuk tashishlar, multimodal yuk tashishlar, yukni omborlarda jamlash, tovarga yo‘ldosh bo‘ladigan va bojxona hujjatlarini tayyorlash hamda mijozlarning so‘rovlari bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvi va yukni sug‘urtalashni amalga oshirishni nazarda tutadi. Xizmat ko‘rsatish doirasida kompaniyamiz har qanday turdagi va o‘lchamlardagi yuklarni, jumladan yig‘iluvchi va majmuaviy, sochiluvchan va quyiluvchan, xavfli va alohida harorat rejimini saqlashni talab qiluvchi yuklarni tashishni taklif qiladi.

Biz bitta palletadan tortib hajmi o‘ta katta bo‘lgan yuklargacha tashishni amalga oshiramiz. Majmuaviy, zamonaviy va samarali yechimlarni taklif qilamiz.

Yuklarni jo‘natuvchilar va oluvchilarga yetkazib berishda hech qanday qiyinchiliklar yuzaga kelmasligi kerakdek tuyuladi, biroq odatda hujjatlarni rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilgan hattoki juda kichkina xatolik ham juddiy moliyaviy yuklanmalar va yetkazib berish vaqtining kechikishi ko‘rinishidagi ko‘pgina muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.

Shuning uchun ham ekspeditorlik kompaniyalariga murojaat qilish tavsiya qilinadi, chunki ular bunday ixtisoslikka va ko‘pgina dengiz liniyalari, avtotransport kompaniyalari, turli portlardagi agentlar, temir yo‘l hamkorlari bilan shartnomalarga ega bo‘ladilar. Siz uchun bunday kompaniya sifatida «Inter Profi Logistics» MChJ hisoblanadi. Biz Sizga yukingizni jo‘natish joyidan ko‘zlangan joygacha yetkazib berishni tashkillashtirish va nazorat qilishda yordam beramiz.

Biz biznesda hamkorlik munosabatlarini quramiz, chunki biz uchun eng asosiysi – mijozlarning ishonchi. Xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatini ta’minlash uchun biz quyidagilarni taklif qilamiz:

  • majmuaviy xizmatlar;
  • barcha turdagi transport va logistika xizmatlarini ko‘rsatuvchi bitta kompaniya bilan hamkorlik qilishning qulayligi
  • har bir mijoz uchun yetkazib berish va to‘lov muddatlarining optimal sxemasini ishlab chiqishni ko‘zda tutuvchi yakka tartibdagi yondashuv;
  • ishonchli hamkorlar – Yevropa, Osiyo, MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridan bo‘lgan avtomobil, temir yo‘l, avia, dengiz transportida yuk tashuvchilar bilan hamkorlik qilish;
  • «Inter Profi Logistics» MChJ bilan doimiy hamkorlik qilingan hollarda chegirmalar bilan ta’minlovchi moslashuvchan narx siyosati.

Muvofiqlik sertifikati

sertificat

guvoxnoma  Inter Profi Logistics